Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Attention entrepreneurs and investors!


Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Urganch davlat universitetiga xususiy tashabbuskor «DIYORBEK – SAFARMUROD» XK tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Xorazm viloyati Urganch shaxar Gurlan ko‘chasi 2-uy Urganch davlat universiteti hududida (0.3 gektar) yer maydonida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Urganch davlat universiteti tomonidan joriy yilning 23-sentyabrida tasdiqlangan.

Urganch davlat universiteti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 11-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uzedu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27
  2. Urganch davlat universiteti manzili: Xorazm viloyati Urganch shaxar Gurlan ko‘chasi 2-uy, E-mail: info@urdu.uz, veb-sayt: https://urdu.uz/uz Telefon raqami:
    +998  62 224 6700.
  1. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (701). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MB dan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.