Urganch davlat universiteti bo‘yicha 2017-2018 o‘quv yilida iqtidorli talabalarni tanlash, ular bilan tizimli ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha
Hisobot yilida universitetimizda iqtidorli talabalarni izlab topish, qo‘shimcha ravishda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va ilmiy izlanishlarni malakali ravishda amalga oshirishlarini ta’minlash hamda ularning Prezident va Davlat stipendiyalari tanlovlariga, Respublika Fan olimpiadalariga yuqori darajada tayyorlash, turli chet el va mahalliy grantlarga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Universitetda iqtidorli talabalarni tanlash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:
· Hujjatlar bo‘yicha tanlov (reyting daftarchasi, dekan tavsiyanomasi, ilmiy ishlar ro‘yxati va chop etilgan maqolalar nusxalari);
· TOEFL, IELTS yoki fransuz va nemis tillaridan online test topshirish;
· O‘zbekiston tarixi va informatika fanlarini bilish;
Suhbat (Intervyu);
Iqtidorli talabalar uchun yozgi ta’til paytida iyul, avgust oylarida chet tillari fanlaridan to‘garaklar tashkil qilindi.
T/r
|
Ism sharifi
|
Ta’lim yo‘nalishi
|
Muddati
|
Ta’lim turi byudjet/shart-noma
|
Kursi
|
Stipendiya turi
|
1
|
Saurov Ravshonbek Ruslanbek o‘g‘li
|
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
2018-yil
31 avgustgacha
|
byudjet
|
3
|
Navoiy davlat stipendiyasi
|
2
|
Polvonova Nafisa Muxitdinovna
|
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
|
2018-yil
30 iyungacha
|
shartnoma
|
4
|
Navoiy davlat stipendiyasi
|
3
|
Xasanov Temur Gafurjonovich
|
Mexanika
|
2018-yil
31 avgustgacha
|
shartnoma
|
3
|
Ulug‘bek davlat stipendiyasi
|
4
|
Samandarov Abrorbek Islomboevich
|
Oziq-ovqat texnologich (maxsulot turlari bo‘yicha)
|
2018 yil 30 iyungacha
|
shartnoma
|
4
|
Beruniy davlat stipendiyasi
|
5
|
Ismailov Adhambek Baxramovich
|
Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
|
2018 yil 31
avgustgacha
|
shartnoma
|
3
|
Islom Karimov davlat stipendiyasi
|
Universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash, universitetdagi iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularga o‘z bilimlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyatilgan yaratilgan. Universitet talabalari fan olimpiadalarida faol qatnashib kelmoqdalar. SHuningdek 2016-2017 o‘quv yili natijalari bo‘iicha fan olimpiadalarida qatnashgan talabalardan 9 nafari faxrli o‘rin egalladilar. Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomining 3-bandiga asoslanib olimpiadada faxrli o‘rinni egallagan talabalar va ularning rahbarlari UrDu bo‘yicha 2017 yil 21 iyunda chiqarilgan 100-IB & 1 buyrug‘i asosida rag‘batlantirildi:
№
|
Talabaning F.I.SH.
|
Olgan o‘rni
|
Fan yo‘nalishi
|
Ilmiy rahbari
|
1
|
Bekchanov Sardor Ergash o‘g‘li
|
3
|
Matematika
|
Atamuratov A.A.
|
2
|
Abdullaeva Komila Kamoliddin qizi
|
3
|
Nemis tili va adabiyoti
|
Jumaniyazov O.J.
|
3
|
Atasheva Gulshoda Madrim qizi
|
2
|
Fransuz tili va adabiyoti
|
Xudaybergenova N.R.
|
4
|
Sobirova Laylo Xudoyberganovna
|
3
|
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va amaliyoti
|
Ko‘palov S.U.
|
5
|
Safaev Saloxiddin Rizamat o‘g‘li
|
2
|
Fizika
|
Ro‘zimov K.M.
|
6
|
SHigabutdinov Amir Anvarovich
|
2
|
Kimyo
|
Boltaeva M.M.
|
7
|
Hojiev Rasulbek Boynazar o‘g‘li
|
1
|
Xuquqshunoslik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
|
Quryozov S.S.
|
8
|
SHarifova Nazokat Olimboy qizi
|
3
|
Fransuz tili
|
Xudayberganov YO.I.
|
9
|
Bekberganov Alisher Xikmatullaevich
|
3
|
Astronomiya va astrofizika
|
Avezmuratov O.
|
Iqtidorli talabalar bilan ishlashning muhim tarbiyaviy ahamiyatini e’tiborga olib, g‘olib talabalar hamda ilmiy rahbatlarni mukofotlash marosimi universitet Kengashida tantanali ravishda o‘tkaziladi va universitet veb-sahifasida hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash “Universitet iqtidorli talabasi to‘g‘risidagi Nizom” asosida olib boriladi. Nizomga asosan xar bir fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ma’sul xodimlar belgilangan. Fakultet iqtidorli talabasi unvoniga ega bo‘lgan talaba fakultet Kengashi qarori asosida universitet iqtidorli talabasi nomini olish uchun tavsiya qilinadi. Bundan keyin universitet bo‘yicha tavsiya etilgan talabalardan informatika, chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari, tarix va ma’naviyat asoslari fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar UrDU bo‘yicha qo‘shimcha tashqil qilinadigan ingliz va rus tillari fanlaridan yozgi to‘galaklarida ta’lim oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun keyingi yilga iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish va iqtidorli yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida UrDU rektorining 2017 yil 5 oktyabrdagi 164-T§2 buyrug‘i asosida universitetimizning 71 nafar talabalariga asosiy stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda eng yuqori stipendiyaning 10% miqdorida qo‘shimcha stipendiya tayinlandi.