Close

Urganch davlat universiteti “Buxgalteriya” boʼlimi faoliyati

Universitet hisob raqamlarida pul mablagʼlari aylanishi jarayoni, asosiy vositalar harakati, daromad va xarajatlarni maqsadli rejalashtirish va majburiyatlarni bajarishni oʼz vaqtida aks ettirish;
Universitet faoliyatidan kelib chaqadigan soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni Respublika byudjeti, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, kredit tashkilotlari va moliyalashtirish obʼektlariga oʼz vaqtida oʼtkazib berish; 
Urganch davlat universiteti tomonidan mehnat uchun haq toʼlash fondining sarflanishini va ishchilarga haq toʼlash tizimini toʼgʼri olib borilishini, asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʼtkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuborish tartibini nazorat qilish; 
Tashkilot ichki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi maʼlumotlar asosida moliyaviy taxlil oʼtkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;
Moliyaviy va gʼazna tartib qoidalariga rioya etishni taʼminlash, yetishmovchiliklarning, debitor va kreditor qarzdorliklarning buxgalteriya xisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini taʼminlash boʼyicha ishlar olib borish.

Urganch davlat universiteti faoliyati bilan bogliq moliyaviy xujjatlar