MАGISTRАTURАGА OʼQIShGА KIRISh UChUN HUJJАTLАRINI ROʼYXАTDАN OʼTKАZUVChILАR DIQQАTIGА!
Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun
hujjatlarni
roʼyxatdan oʼtkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim
vazirligining
rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLАRI topshiriladigan HUDUD belgilanishi
lozim.
‼️ Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil”
hududlarga
oʼzgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLАRI topshiriladigan
hudud
sifatida OʼZI bugungi kunda YAShАB TURGАN hududni belgilashi TАVSIYa ETILАDI.
Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib oʼtishga ehtiyoj yuzaga
kelmaydi.
➡️ Veb-saytga bu yerdan oʼtish mumkin: magistr.edu.uz
Diqqat, magistraturaga qabul boshlandi!
Bugun, 2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura
mutaxassisliklariga
qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish jarayoni boshlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi
PQ-4749-son
qaroriga muvofiq 2020/2021 oʼquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura
mutaxassisliklariga
oʼqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining
rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
✅ Magistraturaga qabul Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi
sharoitidan kelib chiqib, onlayn test oʼtkazish orqali Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidenti
qarori
bilan belgilangan davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida qabul parametrlariga
muvofiq amalga
oshiriladi.
✅ Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari boʼyicha kirish
sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik
layoqati
(yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash boʼyicha test savollari ham kiritiladi.
Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprelь kuni
oʼtkazilgan yigʼilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.
Oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʼqishga kirish uchun hujjatlarni
topshirish boʼyicha yoʼriqnoma.
Hujjatlar magistr.edu.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtkaziladi.
📣 #Eʼlon!
⏩ Magistraturaga oʼqishga hujjat topshirmoqchi boʼlgan barcha abiturientlar diqqatiga:
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2020/2021 oʼquv yili uchun magistraturaga qabul boʼyicha turdosh oliy taʼlim yoʼnalishlarining roʼyxati tasdiqlandi.
Roʼyxat bilan quyida tanishishingiz mumkin ⏬
@otm_info - Oliy taʼlim islohotlari: oliy taʼlim tizimidagi eng soʼnggi yangilik va xabarlar, foydali maʼlumotlar: ishonchli axborot
⚡Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari oʼtkaziladi
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, istisno tariqasida,
koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʼquv
yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari oʼtkaziladi.
❗️Eslatib oʼtamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga oʼqishga kirish uchun
hujjatlarni
topshirish jarayoni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti
(http://magistr.edu.uz/home) orqali amalga oshiriladi.
❇️ Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.