Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Turkiya davlatiga xizmat safari amalga oshirilmoqda

2024-yilning 4-6 iyul kunlari Xorazm viloyati hokimi boshchiligida rasmiy delegatsiya Turkiya davlatiga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Mazkur rasmiy delegatsiya tarkibida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i  E.Yo'ldoshevlar bilan birga ishtirok etmoqda. 

Bugun delegatsiya a‘zolari Istanbul universitetiga tashrif buyurdilar. Istanbul oliygohi Turkiyaning eng qadimiy universitetlaridan bo'lib, tashrif avvalida  mazkur ko'hna oliygohning tarixiy binolari va talabalar uchun imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so'ng, universitet rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida muzokaralar olib borildi. 

Xususan, birgalikda simpoziumlar, ilmiy anjumanlar tashkil etish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish hamda Erasmus+ dasturlarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Ulashish: