Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Polsha Respublikasi delegatsiyasi UrDU da bo’lishdi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Polsha Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizda xizmat safarida bo’lib turmoqda.  Mehmonlar 2-oktabr kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida boʻlishdi.

Bugun, 3-oktabr kuni esa mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi xotirasi muzeyi vakili Dmitriy Panto, Belostok shahridagi Sibir xotirasi muzeyi vakili Voychev Sleshinskiy, Belostok va N.Kopernik nomidagi universitet vakili Konopachki Artur hamda N.Kopernik nomidagi universitetning yana bir vakili Iyonna Mariya Pechovyak Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif asnosida delegatsiya a’zolari  universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Y.Rahmonova hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshevlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotda ikki tomon o‘rtasida mustahkam hamkorlikni faol rivojlantirish uchun fakultet a'zolari hamda tadqiqotchilar almashinuvini o'rnatish, ma'ruzalar va simpoziumlar tashkil etish, o'zaro manfaatli ta'lim va ta'lim imkoniyatlarini izlash uchun ikki tomonning resurslaridan foydalanish bo'yicha yaqin aloqalarni izlash va hamkorlik qilish borasida shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Ulashish: