Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim tarixi va hozirda olib borilayotgan
faoliyati bo‘yicha
MA’LUMOT
Sirtqi bo‘limning OTMning boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasi
1935-yilda Xorazm pedagogika o‘qituvchilar tayyorlash instituti tashkil qilinib, uning tarkibida fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti faoliyat ko‘rsatgan. 1945/1946-o‘quv yilidan boshlab institutda sirtqi bo‘lim ochilgan. Shu yilda sirtqi bo‘limga 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 260 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan va bo‘limga urush faxriysi M.Qurbonniyozov dastlabki rahbar sifatida tayinlangan.
1993-yilda barcha fakul’tetlar sirtqi ta’lim yo‘nalishlari birlashtirilib, qayta sirtqi bo‘lim tashkil qilindi. Sirtki bo‘lim bo‘yicha prorektor lavozimiga Urunov Saparbay Urunovich tayinlandi. Sirtqi bo‘lim ikkita qisimga: tabiiy va gumanitar-ijtimoiy ixtisosliklar bo‘limiga ajratilgan. Gumanitar-ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘limi dekani lavozimiga Bekmetov Ozod va tabiiy ixtisosliklar bo‘limi dekani lavozimiga Sultanov Baxodir tayinlandi. 1994-yildan gumanitar ixtisosliklar bo‘limi dekani lavozimiga Abdrimov Razzoqbergan tayinlandi. Sirtki bo‘limda o‘sha vaqtlarda 2000 dan ortiq talaba taxsil olgan. 1993-yildan sirtqi tabiiy yo‘nalishlar bo‘limiga metodist lavozimiga Quryozova Anamoy ishga kabul qilindi. 1994-yilda sirtqi gumanitar ixtisosliklar bo‘limiga metodist lavozimiga UrDU ning talabalar bo‘limi inspektori Ibragimova Irina o‘tkazildi. Bu davrda bo‘limda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan:
1. Boshlang‘ich ta’lim.
2. Pedagogika va psixologiya.
3. Umumtexnika fanlari (OTD).
4. Tuproqshunoslik.
5. Agronomiya.
6. Biologiya.
7. Jismoniy tarbiya.
8. Geografiya.
9. O‘zbek tili va adabiyoti.
10. Rus tili va adabiyoti.
11. Iqtisodiyot.
12. Agrobiznes va boshqaruv.
13. Buxgalteriya xisobi va audit.
14. Tarix.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, shuningdek Urganch, Qoraqalpoq, Andijon, Samarqand va Farg‘ona davlat universitetlari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarga 2001/2002-o‘quv yilida o‘rta maxsus ma’lumot va tegishli ta’lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlardan bakalavrlar tayyorlash uchun davlat grantlari asosida jami 1200 qabul kvotalari belgilanib, ular oliy ta’lim muassasalari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilovaga muvofiq taqsimlanib, Urganch davlat universitetiga quyidagicha qabul kvotasi ajratildi va o‘rnatilgan tartibda 130 ta talaba qabul qilindi.
2001/2002-o‘quv yilida maxsus sirtqi bo‘limiga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari ajratildi va quyidagi yo‘nalishlarga talabalar qabul qilindi:
-
Kasbiy ta’lim (sohalar bo‘yicha).
-
Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish.
-
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.
-
Musiqiy ta’lim.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Informatika va informatsion texnologiyalar.
O‘rta maxsus ma’lumot negizida pedagog kadrlarni oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limlarida bakalavrlar darajasida o‘qitish usulining ilmiy-metodik asoslarini yaratish, joylarda to‘plangan ijobiy tajribani umumlashtirish va ularning amaliyotga joriy etilishini ta’minlash masalalari yuzasidan Toshkent davlat pedagogika universiteti muvofiqlashtiruvchi muassasa qilib tayinlandi. Uning qoshida ilmiy-metodik markaz tashkil qilinib, unga professor Samixon Ashirboev rahbarlik qildi.
2001-yil maxsus sirtqi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Sultanov Baxodir Yo‘ldashevich va metodist lavozimiga Quryozova Anamoy, kotiba lavozimida Polvonova Ra’nolar tayinlandi. 2003-yil maxsus sirtqi bo‘limi boshligi o‘rinbosari lavozimiga Quryozova Anamoy o‘tkazildi. 2003-yil maxsus sirtqi bo‘limi metodisti qilib Otajonova Ra’no ishga qabul qilindi. 1993-yildan 2005-yil aprel oyigacha sirtqi, maxsus sirtqi bo‘limini rivojiga o‘zining fidoiyligi, jonkuyarliligi hamda insonparvarligi bilan katta hissa qo‘shgan Sultonov Baxodir Yo‘ldashevich boshqarib bordi. Har bir yo‘nalishga moslangan alohida xonalar tashkil qilindi va moddiy texnik baza rivojlantirildi. Talabalarga malakali professor o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini olib bordilar. Jumladan, faxriy pedagoglarimizdan Zokir Ametov, Farhod Rajabov, Olimboy Xalillaev, G‘oipnazar Sotipov, Pirnafas Yusupov, Madrim Jumaniyozov, Zokir Madraximov, Sultonposhsha Masharipova,Tozagul Qalandarova, Maya Nurmetova va boshqalar.
2002/2003-o‘quv yilida maxsus sirtqi bo‘limiga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari quyidagicha bo‘ldi:
-
Kasb ta’limi (sohalar bo‘yicha).
-
Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish.
-
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.
-
Musiqiy ta’lim.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Informatika va axborot texnologiyasi.
2003/2004-o‘quv yilida maxsus sirtqi bo‘limiga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tubandagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlandi:
-
Kasb ta’limi (sohalar bo‘yicha).
-
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish.
-
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.
-
Musiqiy ta’lim.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Kasb ta’limi (ijtimoiy-iqtisodiy soha).
-
Milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari.
2004/2005-o‘quv yilida maxsus sirtqi bo‘limiga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari:
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Kasb ta’limi (sohalar bo‘yicha).
-
Kasb ta’limi (ijtimoiy-iqtisodiy soha).
-
Musiqiy ta’lim.
-
Milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari.
-
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish.
-
Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti.
-
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.
2005-yil aprel oyida Sultonov Baxodir Yo‘ldashevich Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga rektor lavozimiga ishga o‘tkazildi.
Maxsus sirtqi bo‘limga 2005-yil 12-apreldan boshlab Sapo Urunovich Urunov rahbarlik qildi. Talabalar kontingenti ko‘payganligi sababli yangi shtatlar taqsimoti berildi. Bunda yana bitta maxsus sirtqi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Pedagogika fakulteti dekan muovini Bobojanov Yo‘ldosh tayinlandi, kotibalikka Jumaniyozova Gulnora ishga qabul qilindi. 2007-yildan Sharipova Gulbahor – kabinet mudiri, Ro‘zmetov Quvondiq maxsus sirtqi bo‘limi boshligi o‘rinbosari, Iskandarova Maqsuda metodist, Allayorova Nuquljon kabinet mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordilar. Maxsus sirtqi bo‘limiga 2009-yil oxirgi qabul yili bo‘lib 2012-yildan boshlab Maxsus sirtqi bo‘lim faoliyati batomam to‘xtatildi. 2004-yilda maxsus sirtqi bo‘limi “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishini tugatgan Raximova Intizor, “Musiqa ta’limi” yo‘nalishini tugatgan talabalardan Abdullayeva Zulayxo, Najmatdinova Nigoralar magistratura bo‘limini tugatib universitetda o‘qituvchilik faoliyatini olib bormoqdalar. Shu yillar davomida universitetimizni ikki yarim mingdan ortiq talabalar o‘qishni tugatib maktablardagi oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoji bor bo‘lgan maktablarda o‘z ish faoliyatini davom qildirmoqdalar. 2005-2012-yillar davomida qobiliyatli rahbar Sapo Urunovich Urunov o‘zining fidoiy mexnatlari insonparvarligi bilan maxsus sirtqi bo‘limning rivoji uchun katta hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son hamda “Oliy ta’limmuassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3183-son qarorlari asosida oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’limni tashkil etish tartibi bo‘yicha Urganch davlat universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etildi va 2017/2018-o‘quv yili maxsus sirtqi bo‘limining 1-bosqich “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”, “Maktabgacha ta’lim”, “Pedagogika va psixologiya”, “Mehnat ta’limi”, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Musiqa ta’limi”, “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishlariga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017-yil 6-oktyabrdagi 8-sonli bayonnomasiga ko‘ra shartnoma asosida o‘qishga talabalar qabul qilindi.
2017/2018-o‘quv yilida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-bosqich talabalariga qabul kvotalari mavjud bo‘lgan:
-
Boshlang‘ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish.
-
Maktabgacha ta’lim.
-
Pedagogika va psixologiya.
-
Mehnat ta’limi.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Jismoniy madaniyat.
-
Musiqiy ta’lim.
Maktabgaca ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan extiyojini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 27-fevraldagi 14-sonli bayonnomasiga ko‘ra shartnoma asosida o‘qishga yana qo‘shimcha 120 ta o‘rin ajratildi ana shu bilan 2017/2018-o‘quv yili 1-bosqichga jami 723 nafar talaba qabul qilingan bo‘lib maxsus sirtqi bo‘lim Universitetning Tarix binosida tashkil qilindi va unga Ko‘palov Sanjar Ulug‘bekovich bo‘lim boshlig‘i, metodist qilib Quryozova Anamoylar ishga o‘tkazildilar. Ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida o‘qitish tizimini zamon talablari darajasiga etkazish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ta’lim-tarbiya tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalar amalda keng tadbiq qilindi. Universitetning keng va shinam xonalarida ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini olib bordilar. 2018/2019-o‘quv yili 1-bosqichda mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagicha kontingentlar mavjud edi.
-
Boshlang‘ich ta’lim va STI.
-
Boshlang‘ch ta’lim va STI (rus).
-
Maktabgacha ta’lim.
-
Maktabgacha ta’lim (rus).
-
Pedagogika va psixologiya.
-
Pedagogika va psixologiya (rus).
-
Jismoniy madaniyat.
-
Jismoniy madaniyat (rus).
-
Mehnat ta’limi.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
-
Musiqiy ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 930-son qaroriga asosan universitet Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi tashkil etildi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim Urganch davlat universiteti boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarishishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Ustavi hamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi. Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va 5 nafar bosh mutaxassis 2 nafar o‘quv metodik ishlar bo‘yicha uslubchi faoliyat olib boradi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limda 20 dan ortiq bakavlavriat ta’lim yo‘nalishlari va ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan quyida ta’lim yo‘nalishlari va talabalar kontingenti keltirilgan:
t/r |
Yo‘nalishlar nomi
|
Shifri
|
1-kurs jami
|
2-kurs jami
|
3-kurs jami
|
4-kurs jami
|
Umumiy
|
1
|
Biologiya
|
5140100
|
63
|
110
|
84
|
66
|
323
|
2
|
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
|
5111700
|
232
|
526
|
439
|
168
|
1365
|
3
|
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (rus)
|
5111700
|
69
|
69
|
44
|
0
|
182
|
4
|
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
|
60410100
|
32
|
0
|
0
|
0
|
32
|
5
|
Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
|
60411300
|
25
|
0
|
0
|
0
|
25
|
6
|
Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi
|
5310600
|
0
|
0
|
89
|
70
|
159
|
7
|
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
5120101
|
108
|
152
|
104
|
66
|
430
|
8
|
Geografiya
|
5140600
|
41
|
39
|
0
|
0
|
80
|
9
|
Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoqlar bo‘yicha)
|
5311500
|
51
|
79
|
67
|
85
|
282
|
10
|
Jismoniy madaniyat
|
5112000
|
99
|
206
|
197
|
108
|
610
|
11
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
5230100
|
93
|
336
|
294
|
108
|
831
|
12
|
Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)
|
60920100
|
21
|
0
|
0
|
0
|
21
|
13
|
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
|
5320400
|
73
|
140
|
100
|
39
|
352
|
14
|
Maktabgacha ta’lim
|
5111800
|
342
|
401
|
348
|
55
|
1146
|
15
|
Maktabgacha ta’lim (rus)
|
5111800
|
70
|
55
|
28
|
0
|
153
|
16
|
Matematika
|
5130100
|
34
|
57
|
0
|
0
|
91
|
17
|
Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
|
5610200
|
27
|
54
|
40
|
30
|
151
|
18
|
Musiqa ta’limi
|
5111100
|
54
|
73
|
73
|
42
|
242
|
19
|
Psixologiya: amaliy psixologiya
|
5210203
|
137
|
99
|
74
|
0
|
310
|
20
|
Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti)
|
5610535
|
10
|
0
|
0
|
0
|
10
|
21
|
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha )
|
5120300
|
44
|
121
|
79
|
95
|
339
|
22
|
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
|
5110800
|
33
|
32
|
35
|
0
|
100
|
23
|
Texnologik ta’lim
|
5112100
|
70
|
91
|
97
|
0
|
258
|
24
|
Tuproqshunoslik
|
5141000
|
30
|
38
|
24
|
22
|
114
|
25
|
Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
|
5610300
|
30
|
74
|
71
|
38
|
213
|
26
|
O‘zbek tili va adabiyoti
|
60230100
|
29
|
0
|
0
|
0
|
29
|
Jami:
|
1817
|
2752
|
2287
|
992
|
7848
|
Sirtqi bo‘lim (ikkinchi mutaxassislik)
|
Yo‘nalishlar nomi
|
Shifri
|
Shartnoma asosida (soni)
|
2 kurs
|
3 kurs
|
4 kurs
|
jami
|
1
|
Amaliy matematika va informatika
|
5130200
|
|
|
8
|
8
|
2
|
Biologiya (turlari bo‘yicha)
|
5140100
|
22
|
18
|
|
40
|
3
|
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
|
5111700
|
219
|
144
|
38
|
401
|
4
|
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (rus)
|
5111700
|
10
|
8
|
|
18
|
5
|
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
|
60410100
|
29
|
|
|
29
|
6
|
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
|
5310700
|
|
8
|
|
8
|
7
|
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
|
5120101
|
43
|
17
|
|
60
|
8
|
Geografiya
|
5140800
|
11
|
11
|
|
22
|
9
|
Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoqlar bo‘yicha)
|
5311500
|
|
7
|
|
7
|
10
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
5230100
|
394
|
239
|
50
|
683
|
11
|
Jismoniy madaniyat
|
5112000
|
|
15
|
|
15
|
12
|
Maktabgacha ta’lim
|
5111800
|
|
13
|
|
13
|
13
|
Matematika
|
5130100
|
46
|
|
18
|
64
|
14
|
Milliy g‘oya: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
5111600
|
|
12
|
|
12
|
15
|
Pedagogika va psixologiya
|
5110900
|
|
9
|
|
9
|
16
|
Psixologiya
|
5210200
|
|
|
11
|
11
|
17
|
Psixologiya: amaliy psixologiya
|
5210203
|
13
|
17
|
|
30
|
18
|
Tarix
|
5120300
|
26
|
20
|
8
|
54
|
19
|
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
|
5110800
|
|
8
|
|
8
|
20
|
Texnologik ta’lim
|
5112100
|
|
9
|
|
9
|
Jami:
|
813
|
555
|
133
|
1501
|
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limga 2017/2018-hamda 2018/2019-o‘quv yillarida talabalikka qabul tashkil qilingan. 2019-yil avgust oyidan boshlab sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limga Matnazarov Anvar Rustamovich boshliq lavozimiga tayinlandi. Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Raximov G‘ulomjon Davronbekovich tayinlandi. Shtatlar kesimida 5 nafar bosh mutaxasssis va 4 nafar uslubchi faoliyat olib boradi. Talabalar soni 9349 nafarni tashkil qiladi. 2019/2020-o‘quv yilida jami 723 nafar talaba o‘qishni tugatdilar. 2020/2021-o‘quv yilida 648 nafar talabalar sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni tugatdilar
Sirtqi ta’limda o‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etilgan.
Sirtqi ta’limda ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejasi (haftalik o‘quv yuklama 24 soatga mo‘ljallangan) va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlanagan.
Sirtqi ta’limda masofadan turib o‘qitish talabalarning o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil ravishda, masofadan turib o‘zlashtirishlari asosida amalga oshirilishi bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Sirtqi ta’lim shaklida o‘kiyotgan talabalar uchun o‘qishni onlayn (masofaviy) tarzda mustaqil o‘zlashtirish joriy qilingan, bunda Moodle platformasi orqali va an’anaviy tarzda dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
Semestrni boshidagi o‘qish muddati (2 hafta)gacha bo‘lib, nazoratlar davri (sessiya) gacha qolgan vaqt mobaynida talabalar mustaqil ish, laboratoriya va amaliy ishlarini topshiradilar. Bunda professor-o‘qituvchilar talabalarga Moodle platformasi orqali bajargan topshiriqlarni topshirishning oxirgi sanasi joriy qilinadi, uz vaqtida topshiriqlarni bajargan talabalar oralik nazoratidan o‘tishadi va yakuniy nazoratga qo‘yiladi.
Talabalarni baholashda Hemis tizimidan foydalaniladi, barcha nazorat ishlari va davomat ushbu tizim orqali belgilansa, o‘quv jarayoni (darsliklar, o‘quv materiallar, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlar, amaliy ishlar va ularning natijalari) Moodle platformasi orqali olib boriladi.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari foydalanuvchilariga ta’lim platformasidan foydalanish uchun ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy qilish markazi tomonidan ishlab chiqilgan talabalarning masofaviy kurslardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi asosida ishlar yo‘lga qo‘yilgan, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun mustaqil ta’lim bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni yaratilish salmog‘i oshirilgan.
Dars jadvallari platformaga professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida kiritilgan. O‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari dars jadvaliga muvofiqlashtirilgan.
Skype, webinar va boshqa onlayn konferensiya dasturlari orqali o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari sifat samaradorligi oshirilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan semestrning yakuniy davrigacha masofaviy ta’lim uchun yaratilgan kontentlar sifati doimiy nazoratga olingan. Jumladan, moodle tizimida fanlar kesimida ma’ruzalar, videodarslar, taqdimot, chat, havolalar va shu kabi boshqa materiallar yaratilgan.
Keltirilgan video darslarni professor-o‘qituvichlarning o‘zlari tomonidan yaratilish salmog‘ini oshirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Sirtqi ta’lim talabalari uchun namunaviy dasturda keltirilgan ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarining to‘liq qamrab olinishini e’tiborga olgan holda kontentlar sonini yanada oshirish bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda.
Ta’lim oluvchilarning sessiya davrigacha bo‘lgan muddatlarda masofaviy o‘qitish jarayoniga qamrab olinganlik darajasi sirtqi bo‘limi boshlig‘i tomonidan muntazam nazoratga olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim oluvchilarni bilimlarini xolisona va shaffof baholanishi bo‘yicha moodle tizimida oraliq nazoratlari uchun topshiriqlar jamlanmasi hamda yakuniy nazoratlar bo‘yicha test savollari aksariyat fanlarda qo‘llanmoqda.
Sessiya davrigacha masofaviy o‘qitish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni tayyorgarlik darajasini oshirish borasida o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan rejali seminar treninglar tashkil qilingan.
ARM bazasidagi o‘quv adabiyotlarni elektron bazasidan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning vazifalari
Sirtqi bo‘limda ta’lim olayotgan talabalar universitetda o‘qish bilan birga ishdan ajralmagan holda ta’lim, ishlab chiqarish, qishloq xujaligi, trasport, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli sohalarida (korxona, tashkilot va muassasalarda) faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
- o‘qitishning yangi texnologiyalari tadbiq qilinishini va talabalarning o‘zlashtirishini nazorat qilinishini ta’minlash;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
- talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
- mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
- o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Universitet Ilmiy va uslubiy Kengashlari majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
- talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;
- sirtqi bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.
Vazirlik qarori: Ko'rish