Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Отношение к госпрограмме

2021-yilning 25-yanvar kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasining oliy ta`lim muassasalari talabalari ishtirokida  ZOOM platformasi orqali onlayn seminari bo`lib o`tdi. 

Ushbu seminarda barcha oliy ta`lim muassasalari qatorida Urganch davlat universitetining mas`ul xodimlari, professor-o`qituvchilari hamda bir guruh iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasiga o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Seminar yakunida universitetning  Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov iqtidorli talabalar bilan suhbat o`tkazib, ularning “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasi borasidagi fikrlarini tingladi. Shuningdek, davlat dasturidagi  qator vazifalarning  mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazdi.

Ulashish: