Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Siz yangi qonunni bilasizmi?


Bugun, 31-may kuni "Ayol — jamiyat ko‘zgusi" mavzusidagi tadbirlar doirasida Urganch davlat universitetida viloyatimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida "Siz yangi qonunni bilasizmi?" viktorinasi bo'lib o'tdi.

Viktorina 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisidagi savollar asosida o‘tkazildi.

Viktorina natijalariga ko'ra:
1-oʻrin "Huquqshunos" jamoasi (UrDU)
2-oʻrin "Bilimdonlar" jamoasi (UrDU)
3-oʻrin "Shifokor" jamoasi (TTA UF)

G'olib jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

urdu.uz, Siz yangi qonunni bilasizmi?

urdu.uz, Siz yangi qonunni bilasizmi?

urdu.uz, Siz yangi qonunni bilasizmi?

urdu.uz, Siz yangi qonunni bilasizmi?

Ulashish: