Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 9-MAJLISI BOʻLIB OʻTDI


Bugun, 25-aprel kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 9- majlisi oʻtkazildi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida bo‘lib o’tdi.

Dastlab rektor B.Abdullayev “Yil talabasi – 2023” tanlovining “Yilning o’z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo’yicha g‘olibi, Техnika fakulteti Arxitektura 201-guruh talabasi Elbek Raximovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, diplomini topshirdi. 

Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi yakunlari haqida, 2023-2024-o‘quv yilining 1-yarmi yakunlari, 2023-yilda universitet doktorant va mustaqil tadqiqotchilari faoliyati monitoringi va dissertatsiya himoyalari samaradorligi, UrDU huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparkining faoliyati, universitetda talabalar amaliyotlarining tashkil etilishi, Sport va san’at fakultetida  talabalar bandligini ta’minlash  bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda turli xil masalalar yuzasidan axborot va hisobatlar tinglandi. Kengash aʼzolarining fikrlari eshitildi. Kengash raisi tomonidan amalga oshirilishi zarur boʼlgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Kengash yakunida lavozim va unvonlar uchun saylovlar oʻtkazildi.

Ulashish: