Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Diqqat e'lon!


Respublika oliy taʼlim muassasalariga xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantiga tanlov eʼlon qilinmoqda!

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi asosida  Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Tarix, San’at ta’lim sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2025-2026-o‘quv yilida xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantlari ajratilgan.

Shu munosabat bilan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oʼqish istagi boʼlgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning  arizalari 2025-yil 10-oktabr kuniga qadar qabul qilinishini maʻlum qilamiz.

Bogʻlanish uchun +998 93 922 51 02 (Sh.Kuramboyev – UrDU Qabul komissiyasi masʻul kotibi) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi; etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi; O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

  • xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
  • 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
  • o‘zbek tilini bilishi lozim.

©️UrDU Matbuot xizmati