Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Milliy liboslar – millat koʻzgusi


Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha Respublika Komissiyasi bayonnomasiga muvofiq Xorazm viloyatining "Ayol — jamiyat ko‘zgusi" mavzusidagi tadbirlari doirasida bugun, 31-may kuni Urganch davlat universitetida “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada Respublikamiz hamda viloyatimizda oʻz oʻrniga ega, jamiyatimizning faol va tashabbuskor ayollari, Urganch davlat universiteti rahbariyati boshchiligida ayol professor-oʻqituvchilari, talaba-qizlari ishtirok etdilar. 

Anjumanni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, xalqimizning asriy qadriyatlari, boy va boqiy madaniy-ma’naviy merosi bo‘lgan milliy liboslarimiz, milliy an’analarimiz zamirida millatimizga xos va mos bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlar mujassamligi, har birimiz milliyligimizni asrab-avaylash orqali oilalar farovonligini, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish lozimligini alohida ta’kidladi.

Konferensiyada Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig’i Mukaram Nurmatova, Viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kutlimuratova, Urganch davlat universiteti Birinchi prorektori S.Davletov, UrDU faxriy professori S.Masharipova, “Tarix” kafedrasi dotsenti  M.Jumaniyazova, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh. Nurullayevalar  maʼruza qildilar.

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Libos nafaqat insonga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe’l-atvori, ma’naviyati darajasini, umuman, uning qanday inson ekanligini namoyon etuvchi vositalardan biri hisoblanadi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu jihatlarga alohida eʻtibor qaratishdi.

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

urdu.uz, Milliy liboslar – millat koʻzgusi

Ulashish: