Close
Skip to main content


Talabalarga shaxsiy psixologik rivojlanish bo'yicha trening o’tkazildi


Bugun Urganch davlat universitetida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,"Shuhrat" medali, "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni sohibi, psixolog-trener Nuriddin Ubaydullayev mehmon bo’lib, talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, psixologik barqarorligi va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan “Shaxsiy psixologik rivojlanish” mavzusida psixologik-trening o‘tkazdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Feruza Madrahimova so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida yoshlarning nafaqat bilimli, balki mustahkam psixologik tafakkur va ichki motivatsiyaga ega bo‘lishi muhim ekanini ta’kidladi. Mehmon trenerning ilmiy-amaliy faoliyati haqida alohida ma’lumot berib, trening ishiga omad tiladi.

Samimiy va jonli muloqot ruhida o‘tgan trening davomida talabalar shaxsiy rivojlanish, ichki motivatsiyani shakllantirish, stresslarni boshqarish, maqsad sari qat’iy intilish hamda zamonaviy yoshlar psixologiyasiga oid muhim tavsiya va fikrlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, ularning hayotga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



Поделиться