Close
Skip to main content


Akademik Anna Ivanovna Glushenkova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi


Bugun Urganch davlat universitetida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hamda Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Kimyo kafedrasi tashabbusi bilan kimyo fanlari doktori, professor, akademik Anna Ivanovna Glushenkova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev moderatorligida tashkil etildi. Anjumanni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Atamurotov kirish so‘zi bilan ochib berib, akademik Anna Glushenkovaning sermahsul ilmiy faoliyati, kimyo fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uning boy ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishning dolzarb ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Anjuman davomida so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar va olimlar akademik Anna Glushenkovaning kimyo fani taraqqiyotidagi o‘rni, ilmiy izlanishlari, shuningdek, kuchli ilmiy maktab yaratishdagi xizmatlari haqida ma’ruzalar qildilar.

Ta’kidlanganidek, olimaning ilm-fanga cheksiz sadoqati, fidokorona mehnati va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan yuksak mas’uliyati bugungi yosh tadqiqotchilar uchun munosib namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.