Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul kilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida etkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish, buning uchun maxsus kurslar joriy eta borish, turli mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, 6ahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalari uyushtirish;

- Fakultet profsssor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muxitni shakllantirish uchun sharoitni ta’minlash;

- Xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va xuquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

-  Mamlakat hayotiga va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilik a’zolariga va talabalarga etkazish tizimini tashkil etish;

-  Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish, fakultetda talabalarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) boshqa tuzilmalar tashkil etish;

- Talabalar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish, bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish;

- O‘quv yurti sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqtlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

- Kam ta’minlangan, etim-esir, nogiron va ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;

- Talablarning ota-onalari, maxalliy hokimiyatlar, hayriya jamg‘armalari,  mahallalar bilan fakultetlar va o‘quv yurtining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

- Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda fakultetda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;

- Konkurslar, festivallar, badiiy xavaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va sport musobaqalari, spartakiadalar, olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;

- Universitet talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirish nazorati (boquvchisini yo‘qotgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan, uzoqdan kelib ta’lim oladigan talabalar va h.k.), talabalar turar joyidan tashqarida, ya’ni ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitlarini doimiy o‘rganib borish;

- Fakultet xodimlarining yubiley sanalari va nafaqaga kuzatish tantanalarini tashkil qilish.