Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Jamoa shartnomasining bajarilish ahvoli yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi.

2021-yilning 27-fevral kuni UrDU ma’muriyati bilan kasaba uyushma  qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2020-yildagi bajarilishi ahvoli yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unda universitet ma`muriyati, professor-o`qituvchilar va ishchi-xizmatchilar ishtirok etdi. Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan universitet rektori B.I.Abdullayev ma`ruzasi tinglandi. Shuningdek, UrDU boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev Jamoa shartnomasi bandlarining 2020 yildagi bajarilishi axvoli yuzasidan hisobotini o`qib eshittirdi.

   UrDU   ma’muriyati bilan kasaba uyushma  qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2020 yildagi bajarilishi ahvoli yuzasidan maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan akt-dalolatnoma bilan komissiya raisi A.Atajanov tanishtirdi.

Shuningdek, yig`ilish davomida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar va talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, ularga qulay va xavfsiz ish, o‘qish va yashash sharoitlarini yaratish, mehnatini muhofaza qilish yuzasidan 2020-2022 yillarga  mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlariga 2021-yil uchun kiritiladigan o‘zgarish va qo‘shimchalar muhokama qilinib, tasdiqlandi.

urdu.uz;Jamoa shartnomasining bajarilish ahvoli yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi.

urdu.uz;Jamoa shartnomasining bajarilish ahvoli yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi.

urdu.uz;Jamoa shartnomasining bajarilish ahvoli yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Ulashish: