Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Yangi sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining sport  bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu borada oliygohda zarur sharoitlar yaratish maqsadida Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan Kimyo texnologiyalar fakulteti hududida 3 qismli sport kompleksining qurilish ishlari yakunlanib, bugun 16-oktabr kuni  ochilishi marosimi oʻtkazildi. Unda UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet Kengashi aʼzolari qatnashdilar. 

Ushbu sport kompleksi Mini-futbol, Basketbol, Voleybol, Badminton, Gandbol hamda ochiq turdagi gimnastika maydonchalaridan iborat.

Ochilish marosimida talaba-yoshlarning har tomonlama barkamol boʻlishlarida muhim ahamiyatga ega bu kabi bunyodkorlik ishlari universitet bo‘ylab yana davom etishi, yoshlar uchun sifatli taʼlim va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bugun kunning dolzarb masalasi ekanligi haqida soʻz bordi. 

urdu.uz, Yangi sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Yangi sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Yangi sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Yangi sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ulashish: