Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama markazida

 Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida 15–16 oktabr kunlariga mo'ljallangan “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'z ishini boshladi.

Dastlab anjumanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, soha olimlari, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov ochib berib, uning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Konferensiya mintaqaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy yondashuvlar hamda amaliy yechimlarni muhokama qilishga xizmat qiladi.

Konferensiya doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:

Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy jihatlari va istiqbolli yo‘nalishlari;
Ilm-fan va innovatsiyalar orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish;
Mintaqaning iqtisodiy o‘sishini tahlil qiluvchi ekonometrik modellarning ahamiyati;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
Xizmat ko‘rsatish sohasi va turizmni rivojlantirish orqali mintaqani yanada jozibador qilish.

Ulashish: