Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Rektor tabrigi

“14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI”  HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING 34 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

Qadrli vatandoshlar, mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tun-u kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlar! 

Sizlarni “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”  hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 34 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Sizlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va shijoatli ekanligingizni hamisha qadrlaymiz. Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilab qolamiz.

Vatanimiz himoyasi sizlardek ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!

Qadrli Vatan himoyachilari! 
Jonajon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila-a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling!

Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Mamnuniyat bilan,
Xodjaniyazov Sardor Umarovich
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor.

Ulashish: