Rektor Turkiyaning Selchuk universiteti professorini qabul qildi
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Turkiyaning Konya shahridagi Selchuk universiteti “Selchuklu” tadqiqotlari instituti direktori, O‘rta asrlar va Islom sivilizatsiyasi professori Mustafa Demirjini qabul qildi.
Uchrashuvda Xorazm vohasining boy tarixiy merosi, bu hududdan yetishib chiqqan buyuk allomalar hamda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ilm-ma’rifat o‘chog‘i sifatida shakllangan Xorazm qadimdan turkiy xalqlar bilan mustahkam qardoshlik rishtalari orqali bog‘langan.
Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti va Selchuk universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.



