“Raqamli texnologiyalar, tarmoqlar va kommunikatsiyalar” mavzudagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Kompyuter injiniring hamda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari tashabbusi bilan “Raqamli texnologiyalar, tarmoqlar va kommunikatsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli konferensiyada respublikamizning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari, xorijiy ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda yosh olimlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiyani universitet rektori Feruza Madrahimova ochib berdi hamda anjuman ishiga muvaffaqiyat tilab, bugungi raqamli davrda ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.
Anjuman davomida raqamlashtirish sohasidagi islohotlar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar ilmi, kiberxavfsizlik, dasturiy injiniring, robototexnika va IT texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish kabi dolzarb mavzular yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.




.jpg)

.jpg)


