Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

"Tarjimada til, ta’lim va madaniyat mushtarakligi" nomli respublika ilmiy - nazariy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Bugun UrDU Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashabbusi bilan "Tarjimada til, ta’lim va madaniyat mushtarakligi" mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferensiya oʻtkazildi. Konferensiyani UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektori Zafar Ibragimov ochib berib, konferensiya faoliyatiga omad tiladi. Xorijiy filologiya fakulteti dekani Zohid Jumaniyozovning tabrik soʻzi tinglandi. 

Shundan soʻng, konferensiyaning yalpi yigʻilishlariga navbat berilib, UrDU professori Otaboy Jumaniyozov,  f.f.d., prof.v.b. Abdulla O‘razboyev hamda “ Tarjima nazariyasi va amaliyoti ” kafedrasining  qator professor-oʻqituvchilari, qolaversa, Zoom platformasi orqali  O‘zbekiston Milliy universiteti professori, f.f.d. Jamila Jumaboyeva, ushbu universitet  “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.d.  Arustamyan Yana Yurevna, Nukus davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy – gumanitar fanlarni masofadan o‘qitish” kafedrasi mudiri, dotsent Gulzira Kdirbayevalarning maʼruzalari tinglandi. 

Konferensiyaga “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Malohat Atadjonova moderatorlik qilib bordi.

Anjuman soha mutaxassislarining mavzu doirasidagi jonli muloqoti va qizgʻin fikr-mulohazalariga boy tarzda oʻtdi.

urdu.uz, "Tarjimada til, ta’lim va madaniyat mushtarakligi" nomli respublika ilmiy - nazariy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Ulashish: