Close
Skip to main content


Xitoyning Xuzhou texnika universiteti bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Bugun Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri sanalgan XCMG kompaniyalar guruhi – “Uz XCMG”ning bosh direktor o‘rinbosari Su Haiy Ang boshchiligida kompaniya vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet rektori Feruza Madrahimova hamda oliygohning tegishli mas’ullari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Xitoyning Xuzhou texnika universiteti rahbariyati onlayn ishtirok etdi.

Tomonlar o'rtasidagi rasmiy muloqotda Urganch davlat universiteti, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti hamda XCMG kompaniyalar guruhi bilan birgalikda mutaxassislar tayyorlash bo'yicha istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos, amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.













Поделиться