Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Vyetnamdagi "Ta’lim va tadqiqotda mukammallikka erishish yo′lidagi xalqaro hamkorlik" forumida UrDU prorektori ishtirok etdi

Janubi-sharqiy Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi (ASAIHL) 1956 -yilda tashkil topgan bo′lib, hozirgi kunda 230 dan ortiq universitetlar ushbu assotsiatsiyaga a’zo hisoblanadi. Urganch davlat universiteti Markaziy Osiyoda birinchilardan bo′lib, ya′ni 2023-yilda Tokio shahridagi Soka universitetida bo′lib o′tgan assotsiatsiyaning Kuzatuv kengashi yig′ilishi qarori bilan ushbu nufuzli tashkilot a’zoligiga qabul qilingan. 

2023-yil 6-8 dekabr kunlari Xanoy (Vyetnam) shahridagi Vyetnam-Fransiya fan va texnologiyalar universitetida ushbu tashkilotning navbatdagi yigilishi bo′lib o′tdi. "Ta’lim va tadqiqotda mukammallikka erishish yo′lidagi xalqaro hamkorlik" deb nomlangan mazkur xalqaro konferensiyada 40 ga yaqin universitetlarning 100 nafardan ortiq qatnashchilari qatorida UrDU Ilmiy ishlar va innosvatsiya boʻyicha prorektor Zafarbek Ibragimov qatnham ishtirok etdi. Anjumanda Z.Ibragimov universitet to′g′risida va unda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar to′g′risida ma’ruza qildi. 

Konferensiya doirasida Vyetnam-Fransiya fan va texnologiyalar universiteti, Manila(Filippin) shahridagi San Beda universiteti va Fransiyaning Qishloq xo′jaligi tadqiqotlari va xalqaro hamkorlik markazi (CIRAD) bilan o′zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o′rnatishga, shuningdek, ASAIHL Bosh kotibi professor Ninnat Olanvoravuth bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

Ulashish: