Close


"Kitobxonlik zamonaviylik belgisidir" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2020 yilning 10-fevral sanasida TTJ ning ARM zalida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbus doirasida "Kitobxonlik zamonaviylik belgisidir" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Davra suhbatida talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan fikr yuritdilar, kitob o'qigan inson boshqalardan o'zgacha fark qilishini tushundilar. Kitob o'qigan odamning haqiqatan xam nutqiy mahorati fikrlash doirasi kengrok bo'lishini anglab etdilar. So'zga chiqqan tarbiyachi pedagoglar kitob – insonning erkin fikrlashga, dunyoqarashining kengayishiga, aqlan yetuk bo‘lishiga, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rin egallashi to'g'risida gapirdilar. Xaqiqatan ham kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi.  Har bir kitobxon bu fikrlardan o‘ziga xos xulosa chiqardi.

Ulashish: