Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет


“Qurilishdagi karbon izini kamaytirishga doir barqaror yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya


Hindistonning Uttar Pradeh shtatidagi Bareilly shahridagi Rajshree boshqaruv va texnologiya instituti Civil muhandisligi bo‘limi 2026-yil 6 va 7-mart kunlari ikki kunlik “Qurilishdagi karbon izini kamaytirishga doir barqaror yondashuvlar” (ICSARCFC 2026) mavzusidagi xalqaro konferensiyasini gibrid shaklda tashkil etmoqda. Konferensiya materiallari Springer Nature nashriyotining Atlantis Press brendi ostida chop etiladi (https://www.atlantis-press.com/).

Ushbu konferensiya qurilish sohasida karbon izini kamaytirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, akademiklar va sanoat mutaxassislariga o‘z ilmiy ishlarini baham ko‘rish uchun global maydon yaratishni maqsad qilgan. Shuningdek, konferensiya hamkorlikni rivojlantirish, barqaror amaliyotlarni targ‘ib qilish va kelajak uchun tayyor yechimlarni izlashga yo‘naltirilgan.