Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


Yuridik xizmat – Urganch davlat universiteti faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan meʼyor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita Urganch davlat universiteti rektoriga boʼysunadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq kuyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʼnalishlari hisoblanadi:
 
o universitetning huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
o universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
o universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida universitet boʼlimlari, fakulьtetlari ishini muvofiqlashtirish;
o universitet xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
o shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.