Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATGAN XALQ ARTISTLARI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURISHDI


Bugun, 2-may kuni "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostidagi madaniy-ma'rifiy ijodiy "Kinokarvon" loyihasi doirasida Respublikamizning taniqli kino aktyorlari Matyoqub Matjonov, Husanjon Musaboyev, Barno Qadirova,  Boltavoy Toshmatovlar singari xalqimizning sevimli aktyor va aktrisalari hamda tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Ernazarov va shoira Farag'at Xudoyberganovalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Elimiz suygan sanʼatkorlarni universitet jamoasi iliq qarshi oldi.  Uchrashuv avvalida ijodkorlar tomonidan yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlar eʼtirof etilib, kino olamidagi yangiliklar tilga olindi. Suhbat davomida kino sohasida erishilayotgan yutuqlar hamda kino va teatrning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati to'g'risida so'z yuritildi. Talaba-yoshlar yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirildi. 

Shuningdek, kino sanʼatining dargʼalari, mahoratli dublyaj ustalari tomonidan xalqimiz sevib tomosha qiladigan, qalblaridan chuqur joy egallagan kino va seriallar, multfilmlardan qisqa epizodlar namoyish etishib, yoshlarga yuqori kayfiyat ulashishdi.

Shundan soʻng "Yashang xotin" filmining premyerasi talaba-yoshlar eʼtiboriga havola etildi.

 

Ulashish: