Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do‘stlar va boshqalar mudir yoki pedagog-tarbiyachi ruxsati bilan kirish-chiqishiga ruxsat beriladi. Chetdan kelganlar haqida ma’lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko‘rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo‘yiladi va ularning TTJdan soat 20:00 gacha chiqib-ketishi qat’iy nazorat ostiga olingan. Talabalar turar joyi qorovuli tashqi va ichki telefon tarmog‘i bilan ta’minlangan. Uning stolida tez yordam, militsiya, yong‘in xavfsizligi, rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda elektr tarmoqlarining telefon raqamlari mavjud.

Talabalar turar joyining barcha qavatlarida 16 ta hamda xududlarida 5 kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bundan tashqari talabalar turar joyining kirish qismi turniket qurilmasi bilan jihozlangan.