Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


- Urganch Davlat universitetining ilmiy-uslubiy jurnali oxirgi marta Oʼzbekiston Matbuot va axborot agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida 2011 yil 23 dekabrda roʼyxatdan oʼtgan. Guvohnoma №13-020.

- Jurnal 2001 yildan buyon har chorakda bir marta, 2009 yildan esa ikki oyda bir marta, 2011 yilning mart oyidan boshlab oyda bir marta nashr qilinmoqda. Jurnalning oʼsha paytdagi hajmi 5 tabaq boʼlib, hozirda uning hajmi 8 bosma tabaqdan oshadi. Jurnal 2013 yilning may oyidan boshlab, А‒4 bichimda nashr qilina boshladi.

- “Ilm sarchashmalari” jurnali oʼz faoliyatida “Ommaviy axborot vosi-talari toʼgʼrisida”gi qonun (2007 yil 15 yanvar), “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonun (1997 yil 24 aprel), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar va toʼgʼrisida”gi qonun (2006 yil 20 iyul), “Davlat tili haqida”gi qonun va “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va boshqa qator qonunlar, xususan, jurnalning oʼz nizomi, bundan tashqari, UrDU kengashining qarorlari va uning faoliyatiga aloqador boʼlgan meʼyoriy hujjatlarga amal qilgan holda faoliyat koʼrsatmoqda.

- Jurnal sahifalarida, nizomda belgilanganidek, oʼzbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar muntazam chop qilinmoqda.

- Jurnal Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining filologiya va falsafa hamda fizika-matematika fanlari boʼyicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʼyxatiga kiritilgan.

- Endilikda “Ilm sarchashmalari” ilmiy-metodik jurnalini pedagogika boʼyicha dissertatsiyalar asosiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar eʼlon qilinishi lozim boʼlgan nashrlar roʼyxatiga kiritish maqsadida tegishli rasmiy hujjatlar 2018 yil noyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OАKga taqdim etildi.

- Jurnal, asosan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.

- Аyni paytda, jurnalga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Roʼzimboy Yoʼldoshev muharrirlik qilmoqda.

- Keyingi paytlarda jurnal tahrir hayʼatining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga katta etibor berildi. Аyni paytda, jurnalning tahririyatida muharrir bilan birgalikda universitetda mavjud turli mutaxassislik boʼyicha 35 nafar olim faoliyat koʼrsatmoqda. Ulardan bir nafari akademik, 29 nafari fan doktori, professor, 6 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.

- Tahririyatning har bir aʼzosi fanning muayyan fan sohasiga masʼul boʼlib, shu sohalar boʼyicha tahririyatga kelgan maqolalarga taqriz beradi. Bu jurnal ilmiy salohiyatining oshishiga samarali taʼsir koʼrsatmoqda.

web-site: http://ilmsarchashmalari.uz