Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Urganch davlat universitetining tashkil topishi oʻziga xos tarixga ega. Tarixga nazar soladigan boʻlsak, 1935-yilning 9-noyabr sanasida Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti ochilgan. 1942-yilning birinchi sentabr sanasidan e’tiboran esa bu muassasa Xorazm davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat yurita boshlagan.     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil fevral oyida e’lon qilingan farmoniga asosan,  Xorazm davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, Urganch davlat universiteti tashkil etildi. Dargoh  ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatini zamon talablari, ruhiyati asosida qayta ko‘rib chiqish ishlarini zamonaviy loyihalar asosida 1990-yillar oxirida qurib bitkazilgan yangi binoga o‘tish bilan boshlab yubordi.  

Hozirda Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, magistratura va sirtqi bo‘limlarda talabalar ta’limi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  jami 41 ta  kafedralarda ming nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Universitetda mavjud 76 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 37 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida  jami  30 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olishadi.

Ta’lim jarayonlari xalqaro talablarga moslashtirilmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim jarayoni yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Natijada oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etildi. Ta’lim sifatini ta’minlashni HEMIS elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilindi, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etildi.

Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.

Bularning barchasi universitetni har tomonlama  yuksaltirish, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

 

 

 

 

id])?> --> --> --> --> --> --> --> --> --> --> -->