Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Urganch Davlat universiteti huzurida Yosh olimlar kengashi 2019 yil 3 yanvar oyidan yangidan tashkil qilinib, uning tarkibi shakllantirildi. Kengash ilmiy ish qilayotgan (DSi – fan doktori dissertatsiyasini himoya qilish uchun) olim (PhD va fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni birlashtirib, universitetning ilmiy ishlar samaradorligini oshirish va innovatsiyalar yaratish maqsadida tashkil qilingan.

Yosh olimlar kengashining nizomi ishlab chiqilgan va universitet rektori tomonidan tasdiqlangan. Kengash 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar va mutaxassislarning ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyatini erkin tartibda birlashtiradigan jamoat tashkiloti bo‘lib, zamonaviy ilg‘or fan va texnika yutuqlarining samarali jihatlarini ishlab chiqarish amaliyoti hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etish masalalari bilan shug‘ullanadi. Kengashning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- yosh olim va mutaxassislarning ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarini yanada faollashtirish hamda samaraliroq olib borilishini ta’minlash;

- yosh olim va mutaxassislarni respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnikaviy jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlash;

- yosh olim va mutaxassislarning intellektual salohiyatini oshirish uchun davra suhbatlari, seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar olib borish;

- yosh olim va mutaxassislarni fan va texnika yutuqlarini ilmiy - nazariy hamda amaliy asoslarini ishlab chiqib, samarali jihatlarini hayotga tatbiq etishiga xar tomonlama shart-sharoitlar yaratib berish;

- akademik litsey, kollejlar o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining ilmiy-texnikaviy malaka va ijodiy faoliyatlarida o‘zaro mustahkam hamkorlikni o‘rnatish;

- yosh olimlarning erishgan yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib etish, tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish.

Bugungi kunda kengash a’zolarining jami soni 27 nafarni tashkil qilib, shulardan kengash raisi Turizm va iqtisodiyot fakulteti “Turizm” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.D.Xudayberganov, kengash kotibasi Tarix fakulteti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD.N.Annaeva va qolganlari a’zolar bo‘lib hisoblanadi. Kengash ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorining ko‘rsatmalari bo‘yicha ish olib boradi hamda unga bo‘ysunadi.

Kengash a’zolarining 7 nafari DSi – fan doktori dissertatsiyasini himoya qilish uchun izlanishlarini olib bormoqda, 12 nafari PhD – falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega va qolgan a’zolar fan nomzodim ilmiy darajasiga ega. Yosh olimlar kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ishlab chiqilgan va mazkur rejaga asosan har ikki oyda bir marta majlis o‘tkazilib kelinmoqda.

Kengashda tasdiqlangan ish rejaning tasdiqlash va bajarilishini ta’minlash, yosh olimlarning ilmiy ishlar va innovatsiyalarni amalga oshirishi, davlat grantlari va loyihalarida faol ishtirok qilishi, fan doktori (DSi) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishlarini kuchaytirish, xalqaro loyihalarda faol ishtirokini ta’minlash, kengash xabarlari, yangiliklari va ma’lumotlarini universitet veb-sahifasiga joylashtirish va yangilashni takomillashtirish, targ‘ibot va tashviqot ishlaridagi faol ishtirok qilish, xorijiy mamlakatlarga ilmiy safarlarini yanada yaxshilash, 2019 yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo‘shish hamda yillik hisobotni tinglash kabi masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Yosh olimlar kengashi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy-nazariy seminarlarning 2019 yil uchun kalendar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Unga asosan, kengash a’zosi bo‘lgan yosh olim o‘zining ilmiy ish mavzulari doirasida ilmiy-nazariy seminarlarni o‘tkazishini belgilangan. Ilmiy seminarlar har oyda ikki marta o‘tkazilib borilmoqda.