Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“El-yurt umidi” jamgʼarmasi 2023 yilgi 1 stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!


Tanlov 500 oʼringa moʼljallangan boʼlib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 oʼrin, magistratura uchun 275 oʼrin, doktorantura uchun 150 oʼrin stipendiyalar ajratiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2023 yil 1 apreldan – 1 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2023 yil 1 maydan 1 iyunga qadar davom etadi.

Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʼarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz

Tanlovda gʼolib boʼlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʼarma tomonidan qoplab beriladi.

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi boʼlgan siz yoshlarni oʼz tanlovlarida kutib qoladi.

Batafsil: https://eyuf.uz/site/view?id=890