Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



TADBIRKORLAR VA ISHLAB CHIQARUVCHILAR DIQQATIGA!!!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining “Davlat oliy ta’lim muassasalarida  2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish” dasturida quyosh fotoelektr stansiyalarni xarid qilish va o‘rnatish belgilangan.

Qaror va dasturda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash ko’zda tutilgan.

Urganch davlat universiteti yuqoridagi qaror va dasturni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida bosqichma-bosqich universitet hududagi binolarning tom qismiga eng maqbul takliflarni tanlab olgan holda quyosh panellarni  xarid qilish va uni ishga tushirishni rejalashtirilgan.

Shu sababdan, Urganch davlat universiteti “Urganch shahri, H. Olimjon ko‘chasi, 14-uyda joylashgan universitet hududidagi 1,2,3,4 va 5-talabalar turar joyi hamda tarix fakulteti o‘quv binosining tom qismlariga  630,0 kVt/soat tarmoq fotoelektr paneli stansiyasini xarid qilish va uni ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish uchun tadbirkorlarga tanlov e’lon qiladi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2023-yil 24-iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

1.Quyosh panelini o‘rnatish bo‘yicha texnik topshiriq

2.Tijorat taklifi

3.Tashkilot to‘g‘risida umumiy ma’lumot

4.Tashkilotni quyosh panellar yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirgan loyihalari to‘g‘risida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Urganch davlat universiteti manzili: Xorazm viloyati, Urganch shahar, H.Olimjon ko‘chasi 14-uy, E-mail: info@urdu.uz, veb-sayt: https://urdu.uz/uz Telefon raqami: +998  62 224 6700.