Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Zaxira ish o'rinlari uchun ro'yxatdan o'ting


 Urganch davlat universiteti ma'muriyati mahoratli, tashabbuskor, kreativ, bilimli va salohiyatli  ilmiy-pedagogik kadrlar va magistratura bosqichini yakunlagan  mutaxassislardan iborat professor-o‘qituvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida maxsus  elektron platformani ishga tushurilganligini 
E’LON QILADI

Buning uchun https://zaxirakadr.urdu.uz/ elektron tizimi orqali onlayn ro‘yhatdan o‘tishingiz va talab qilingan hujjatlarni yuklashingiz so‘raladi.

Ro‘yhatdan o‘tishning dastlabki muddati 2023-yilning 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi.

Zaxira o‘rinlar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi elektron manzildan olish mumkin:  https://urdu.uz/uz 

Kadrlar zaxirasidan nomzodlarni ishga qabul qilish jarayoni  amaldagi Mehnat kodeksi  va Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan tanlov TARTIBI asosida amalga oshiriladi.

Kadrlar zaxirasidan  vakant o’rinlarga nomzodlarni tanlashda malaka talablariga mosligi, nomzod tomonidan https://zaxirakadr.urdu.uz/ elektron tizimiga yuklangan hujjatlar  asosida o’rganiladi. 

Talabgorlar mutaxassisligi bo'yicha test hamda suhbatdan o’tkaziladi.

Tanlovning test va suhbat jarayonlari video kuzatuvi bilan amalga oshiriladi.
 
Manzil:  Urganch shahri, H.Olimjon ko‘chasi 14-uy.