Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi

Urganch davlat universitetining “Matematik tahlil” kafedrasida 28-iyun kuni magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Kafedraning 7 nafar magistri – Akramov Nurali, Ismoilov Muhiddin, Bardiboyev Sanjar, To‘raxonov Islombek, Bobojonov Dilmurod, Kadirova Mahliyo, Iskandarov Sarvarlar tadqiqotlari yuzasidan ma’lumotlarni bayon etdilar. Himoyada DAK raisi – O‘zbekiston milliy universiteti professori G.Xudoyberganov va a’zolari – f.-m.f.d., akademik A.Sadullaev, f.-m.f.d., professor S.Imomkulov, “Matematik tahlil” kafedrasi mudiri R.Sharipovlar qatnashdilar.

Himoya yuqori sa’viyada o‘tdi. O‘z dissertatsiyalarini himoya qilgan magistrlarni qutlagan holda, ularning yurtimiz ravnaqini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

 

 

 

Ulashish: