Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy seminar

Matematik injiniring kafedrasi tayanch doktorant Begjanov Amirbek Shixnazarovichning “Nonyuton suyuqliklarning quvurlardagi pulsatsion oqimini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish” mavzusida 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi fizika-matematika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishining muhokamasi о‘tkazildi.
Taqdim etilgan ishda quvurlarda nonyuton (elastik qovushoq) suyuqliklarning statsionar va pulslanuvchi oqimlari modellari tuzilgan va sonli hisob tadqiq etilgan.
Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan tashkil topgan.
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi kо‘rsatilgan, muammoning о‘rganilganlik darajasi keltirilgan, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning « Suyuqliklar harakatining asosiy differensial tenglamalari , nonyuton suyuqliklarning reologik  modellari va ularni  soddalashtirish  usullari » deb nomlangan birinchi bobi uchta paragraf va bob bо‘yicha xulosadan iborat bо‘lib, tadqiqot ishi mavzusi bо‘yicha mulohazalar berilgan.
Birinchi paragrafda Suyuqliklar harakatining asosiy differensial tenglamalari kuchlanishlar orqali ifodalanishlari keltirilgan.
Ikkinchi paragrafda Shulman-Xusid modeli asosida umumlashgan holda nonyuton suyuqliklarning reologik tenglamalari shakllantirilgan.
Uchinchi paragrafda konkret masalalarni yechishda nonyuton suyuqliklarning kanal va quvurlardagi sekin harakat tenglamasini chiziqlashtirish metodikalari taklif etilgan. Chiziqlashtirilgan tenglamalar yordamida nonyuton suyuqlikning silindrik quvur va yassi kanaldagi statsionar va pulslanuvchi oqimlari masalalari analitik kо‘rinishda yechish uchun  chegaraviy shartlar shakillantirilgan.
Ikkinchi bob «Nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi  yassi kanaldagi pulslanuvchi oqimini tadqiq qilish» deb nomlanib, uchta paragrafdan va bob bо‘yicha xulosadan iborat.
Birinchi paragrafda nonyuton suyuqliklarning  yassi kanaldagi statsionar va pulslanuvchi oqimi masalasi qо‘yilgan va  analitik usulda yechimlarni izlash usuli taklif etilgan.
Ikkinchi paragrafda suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi  yassi kanaldagi statsionar oqimida  bosim va suyuqlik sarfi о‘zgarishi jarayonlari tahlil qilingan.
Uchinchi paragrafda devori о‘tkazuvchi  yassi kanalda nyuton va nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimida puls tо‘lqini tarqalish tezligi va tо‘lqin sо‘nishi bо‘yicha tahlil о‘tkazilgan.
Uchinchi bob «Nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi silindrik quvurlardagi  pulslanuvchi oqimini tadqiq qilish» deb nomlanib, u uchta  paragrafdan va bob bо‘yicha xulosadan tashkil topgan.
Birinchi paragrafda nonyuton suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi  silindrik quvurlardagi statsionar va pulslanuvchi oqimi masalasi qо‘yilgan va   analitik usulda yechimlarni izlash usuli keltirilgan.
Ikkinchi paragrafda  suyuqliklarning devori о‘tkazuvchi  silindrik quvurlardagi statsionar oqimida  bosim va suyuqlik sarfi о‘zgarishi jarayonlari о‘rganilgan va tahlil qilingan.
Uchinchi paragrafda devori о‘tkazuvchi  silindrik quvurlardagi nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimi tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida nyuton suyuqliklari va nonyuton suyuqliklarning pulslanuvchi oqimidagi puls tо‘lqini tarqalish tezligi va tо‘lqin sо‘nishi kattaliklarining bir-biridan farqi kо‘rsatildi.
Ma’ruzadan keyin talabgorga f.-m.f.d., prof. I.Y.Davletov, t.f.n., dotsent B.Raxmanov, f.-m.f.n., A.A.Reyimberganov, va boshqalar savollar berishdi.

Matematik injiniring

Matematik injiniring

 

 

 

 

 

 

 

Ulashish: