Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedra katta o`qituvchisi Matkarimov Nizomjon Baxtiyorovichning “Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning asosiy vazifalari” mavzusidagi Ochiq dars muhokamasi

Kafedra mudiri S.Babajanova so`zga chiqib, ТТА “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta o`qituvchisi Matkarimov Nizomjonning Ochiq darsi bo`yicha to`xtalib o`tdi. Ma’ruza mashg`uloti 2-kurs “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo`nalishi talabalariga an’anaviy tarzda o`tkazilib, unda o`qituvchi dars mashg`ulotinini pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borganligini ta`kidlandi.

Shuningdek, o`tgan darsdagi mavzu yuzasidan talabalar bilan savol-javob qilinib yana bir bor qayta takrorlash qilindi. Son`gra mavzuning rejasi, maqsad va vazifalari, ko`riladigan asosiy masalalar ko`rib chiqildi. Mavzu taqdimoti yaxshi tayyorlanib, Talabalar uchun qulay va tushunarli bo`lib, darsni samarali o`tish imkoniyatini yaratganligi va qisqacha mavzu bo`yicha videorolik va talabalarni rag`batlantirish uchun o`yin o`tkazilganligi darsni yutug`i bo`ldi. Bundan tashqari, mashg`ulot talabalar bilan bahsli munozaralar va savol-javoblar bilan tashkil etilib, dars so`ngida o`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash uchun savollar berildi.

Ulashish: