Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BELARUSSIYA DAVLAT OZIQ-OVQAT VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI VA URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING XAMKORLIK ALOQALARI

t.f.d.,  prof. Jumaniyazov Maqsud Jabbievich,  2022 yil 8 aprel kuni  Belarussiya davlat oziq-ovqat va kimyo-texnologiya universiteti rektori  Kirkor Maksim Aleksandrovich bilan uchrashdi, dastlab UrDU rektori tomonidan berilgan esdalik sovg‘alar almashinuvi bo‘ldi.

Rektor  Kirkor Maksim Aleksandrovich rasmiy yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda mas’ul prorektorlar va xalqaro bo‘lim rahbariyati qatnashdilar. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, universitetlar aro o‘zaro imzolangan shartnomaning har bir bandining bajarilishi muhokama qilindi. SHuningdek, shartnomani har ikki tomon taklif qilgan qo‘shimchalarni kirib,  yangidan imzolashga kelishib olindi. Yig‘ilish har ikki tomon uchun o‘ta samarali yakunlandi. Urganch davlat universiteti va  Belarussiya davlat oziq-ovqat va kimyo-texnologiya universiteti bilan yangidan shartnoma  va dastur loyihasi tayyorlanib,  yig‘ilganlarga taqdim qilindi.

Ushbu uchrashuvda Belarussiya davlat oziq-ovqat va kimyo-texnologiya universiteti  ilmiy ishlar prorektori -t.f.d., prof. Akulich Aleksandr Vasilevich,  Xalqaro aloqalar prorektori Mirenkova Vera Sergeevna va o‘quv ishlari prorektori, professor Davidovich Igor Yurevich bilan fikr almashinildi.

SHundan so‘ng universitetning etakchi professor o‘qituvchilarini UrDUga maxsus mutaxassislik fanlarini o‘qitishga taklif qilish masalalarida kafedralarda suhbatlar o‘tkazildi.

Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi mudiri, taniqli  akademik  (1000dan ortiq publikatsiyasi, 100 ortiq patenti bor, 30 ta ilmiy ishlanmasi ishlab chiqarishga qo‘llangan) Vasilenko Zoya Vasilevna bilan qizg‘in suxbat

Sut va sut mahsulotlari texnologiyasi  kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent SHulyak Tatyana Leonidovna bilan takliflar muhokama qilindi

 

Yuqori molekulalar birikmalar kafedrasi mudiri,  k.f.d.,  professor Sherbin Leonid Aleesandrovich bilan o‘zaro ilmiy ishlar olib borishga kelishildi.

Oziq -ovqat kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, Sed Elena  Aleeseevnaning o‘zini maxsus kurs ma’ruzalarini UrDUda olib borishi taklif etildi.

Rasmiy  muzakoralar tugandan so‘ng  Belarussiya davlat oziq-ovqat va kimyo-texnologiya universitetining  magistraturada bosqichida o‘qib turgan magistranlarimizning o‘quv-tarbiya jarayonlari,  yashash sharoitlari,  muammo va kamchiliklari bilan batafsil tanishildi. Har bir magistrantning disertatsiyasi ilmiy rahbarlari bilan uchrashib,  dissertatsiya ishining real ahvoli aniqlandi. Ochiq-oydin o‘tgan muloqatda kamchilik va muammolarning yechimlar kelishib olindi. Kechqurun magistrantlarga iftorlik tashkil etilib, barchasi  o‘zbekcha palov bilan siylandilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsadga to‘la erishildi.   Belarussiya davlat oziq-ovqat va kimyo-texnologiya universiteti va Urganch davlat universiteti  butunlay yangi formatda xamkorlikni davom qildirishiga asos solindi.

XAMKORLIKNING ASOSIY JIHATLARI

Birinchidan - ularning yetuk professorlari bizda ayrim maxsus fanlarni  o‘qitib berishiga kelishildi. O‘zimizning kadrlarning ilmiy ishlarining bajarilishida qonun darajasida ilmiy maslahatchilik qilish va birgalikda har ikki davlatning oziq ovqat texnologiyasi sohasidagi ilmiy muammolarini hal qilishda xamkorlik qilish.

Ikkinchidan -  magistraturadagi 1+1 qo‘shma dasturi bo‘yicha bir yilda etuk mutaxasislik tayyorlash qiyinligidan kelib chiqib,  yangi formatdagi  2+2 qo‘shma dasturiga,  ya’ni bakalavrdan xamkorlikni boshlash taklifi berildi.

Uchinchidan- 2+2 dasturi bo‘yicha o‘qishgi tugatgan bitiruvchiga biraniga 2 diplom olishi,  ya’ni ham ularnikini (mutaxasis),  ham bizlarnikini (baklavr) oladi

To‘rtinchidan -bizning oziq-ovqat texnologiyalarini o‘qituvchi prof. o‘qituvchilarni stajirovkasini Belarussiyada o‘tkazish masalarini kelishildi,   Aynan shu stajirovka davrida ilmiy ishlar bilan shug‘illanishi, Belarussiyadan ilmiy konsultant olishi ta’minlanadi.

Beshinchidan -ilmiy ishlari yakunlangandan so‘ng Belarus oziq ovkat va kimyoviy texnologiyalar universitetidagi ixtisoslashgan  sovetda  himoyasi bo‘lib o‘tadi,  ya’ni o‘ziging ilmiy maslahatchisi a’zo bo‘lgan kengashda himoya qiladi. Fan nomzodi ilmiy darajasini oladi

Oltinchidan- Belarussiyaning ilmiy jurnalini -oziq-ovqat texnologisi bo‘yicha O‘zb.Respublikasining  OAK tan olgan ekan. Ushbu jurnalda bizning kadrlarning maqolalarini  navbatsiz chop qilishga kelishdik

Ректор  Киркор Максим Алеесандрович  ва ўқув ишлари проректори, профессор Давидович Игорь Юрьевич билан йўлга чиқиш олдидан финал учрашув

Шунингдек, илмий ишлар проректори -т.ф.д., проф. Акулич Александр Васильевич,   Халқаро алоқалар проректори Миренкова Вера Сергеевна ва ўқув ишлари проректори, профессор Давидович Игорь Юрьевичилар ҳам    хамкорлигимизнинг янада юксалишини тилаб,  УрДУнинг барча профессор ўқитувчиларига самимий саломларини етказишни сўраб, кузатиб қолдилар

Ulashish: