Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



GERMANIYANING VAYNBERG TEXNOPARKI MUTAXASSISLARI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDILAR

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Oʻzbekistondagi innovatsion markazlarning faoliyatini rivojlantirish maqsadida oʻzaro konsepsiyasini  ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. 

Shu munosabat bilan, bugun, 2022-yilning 26-aprel sanasida Germaniyaning Vaynberg texnoparki  ekspertlari Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻldilar.
Mehmonlarni universitet rahbariyati mamnuniyat ila kutib oldilar. Delegartsiya aʼzolari bilan rasmiy uchrashuvda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov, universitet qoshida tashkil etilgan "Xorazm" texnoparki direktori Z.Boboyev hamda mazkur texnopark vakillari, Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi hamda Texnika  fakultetlarining dekanlari boshchiligidagi fakultet olimlari ishtirok etdilar.

Dastlab  prorektor  Z.Ibragimov  Urganch davlat universitetining hozirgi kunda hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan  Germaniya universitetlari, jumladan, Bonn universiteti,  Berlin texnika universiteti, Vaynshtefan-Triyezdorf amaliy fanlar universiteti, Martin Lyuter universiteti, Munster universiteti kabi qator oliy taʼlim muassasalari bilan  Erasmus+  va qoʻshma taʼlim dasturlari asosidagi aloqalari haqida, shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlari haqida maʼlumotlar berdi. 

Shundan soʻng, mutaxassislar Germaniyada insonlar oʻz bizneslarini shakllantirishi hamda start-up loyihalari yaxshi yoʻlga qoʻyilganini eʼtirof etib, Oʻzbekiston  innovatsion markazlari mutaxassislarining malakasini oshirishda,  ularning ishlanmalari  va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishda, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirishda Germaniya tajribasini oʻrgatish va ilmiy-innovatsion tadqiqotlarning muhimligini aholiga yetkazish  maqsadida kelganliklarini bildirdilar. 

Shuningdek, muzorakalar davomida texnopark direktori  Z.Boboyev va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani J.Roʻzimovlar universitet olimlarining  bugungi kundagi  ilmiy-innovatsion ishlari va bu borada mavjud imkoniyatlari, ishlab chiqarish va ilm-fan vakillari oʻrtasidagi integratsiyani va tajriba maydonini shakllantirishda olib borilayotgan ishlar  haqida maʼlumot berdilar. 

Ulashish: