Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BELORUS DAVLAT OZIQ-OVQAT VA KIMYO TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI DOTSENTI ROMAN ALEKSANDROVICH URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BOʻLDI

2022-yil 26-aprel kuni Belorus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalar universiteti  “Amaliy mexanika va muhandislik grafikasi”  kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Bondarev Roman Aleksandrovich ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

UrDU rektori Baxrom Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor  G‘.O'razboyev, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori M.Jumaniyozov hamda fakultet professor-oʻqituvchilari  bilan kechgan rasmiy uchrashuvda  Muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha  bakalavriat va magistraturada  qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, talabalar almashinuvi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ikki universitet istiqboli uchun foydali hamkorlik oʻrnatish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Ulashish: