Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Navoiyxon talaba" ko'rik-tanlovining yangi o'quv yilidagi ilk soni bo'lib o'tdi

Bugun, 28-oktabr  kuni  Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba"  ko‘rik- tanlovining  2022/2023-oʻquv yilidagi ilk soni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ilk shartida Hazrat Navoiy gʻazallari talabalar tomonidan mohirona bayon etildi. Tanlovning ushbu sonida 6  nafar  ishtirokchi  she‘riyat mulkining sultoni  nazmidan namunalarni yoddan, ifodali oʻqish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, baytlarini sharhlash orqali ijodiy maydonda  bahsga kirishdilar.

Tadbirning badiiy qismi 208 - o‘zbek tili guruhining iqtidorli  talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va Oybekning "Navoiy" romani asosida ishlangan sahna ko‘rinishi ijro qilindi.  

 3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra: 
1-o'rin: 204-guruh talabasi Ismoilova Kamola 
2-o'rin: 202-guruh talabasi Hasanboyeva Munisa hamda shu guruh talabasi Bahodirova Gulnoza 
3-o'rin: 207-guruh talabasi Poʻlatova Rohila 

Tanlov  g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga Filologiya fakulteti dekani dots. D.Q.Gʻayipov hamda  ushbu koʻrik-tanlovning hayʼat raisi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimova  tomonidan  Diplom hamda esdalik sovg'alar taqdim qilindi.

Ulashish: