Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

Maʼlumki, qishki taʼtil yakunlanib, talabalar oʻqishni boshlab yuborishdi. Yotoqxonalar talabalar bilan yana gavjum. Shu munosabat bilan Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyatning bir guruh masʼullari  TTJlardagi sharoitlarni oʻrganish, talabalar bilan fikr almashish, ularni muammolarini eshitish, vaziyatni oʻrganish maqsadida yotoqxonalarga tashrif buyurishdi.

Barcha binolardagi o'rganishlar jarayonida talabalar bilan suhbatlashib, muammolari o'rganildi. Ularni darsdan bo'sh vaqtlarda qanday mashg'ulot bilan band ekanliklariga qiziqishdi, bu borada universitet imkoniyatidan kelib chiqib, zarur tavsiyalar berildi.

Tashrif mobaynida asosiy eʼtibor yotoqxonalardagi isitish tizimi va ovqat pishirish gaz plitalarining muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratildi. 

Oʻrganishlardan soʻng, barcha masʼullar va rektor boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda mavjud muammolarni bartaraf etish, maxsus texnika xodimlardan iborat navbatchilik tashkil etish hamda talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi. 

urdu.uz, Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joylariga rahbariyat tashrifi

Ulashish: