Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

Bugun UrDU Tabiiy fanlar fakultetida "Butunjahon qushlarni himoya qilish" kuniga bag'ishlab, qushlar bayrami tashkil qilindi.

Mamlakatimiz yoshlarida ona tabiatga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish va qushlar olamiga qiziqishni oshirish maqsadidagi ushbu bayram bellashuv shaklida boʻlib, unda Biologiya yoʻnalishi talabalarining "Jannat qushlari",  "Humo qushlari" hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishi talabalarining "Qaldirgʻoch" jamoalari 5 ta shart asosida oʻzaro kuch sinashdilar.

Tadbir kuzatuvchilari yurtimizda tarqalgan qushlarning turlari, xilma- xil koʻrinishlari, ularning morfologiyasi va tarqalishi, oziqlanishi, koʻpayishi toʻgʻrisida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

urdu.uz, 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

urdu.uz, 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

urdu.uz, 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

urdu.uz, 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

Ulashish: