Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy uslubiy seminar

Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida "Talabalarga amaliy mashg’ulotlarni kichik guruhlarda o’tish tajribalari" mavzusida kafedra o'qituvchisi k.x.f.n. dots. A.Rahimov ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi mudiri dots., S.Sadullayev so‘zga chiqib yig’ilishni ochib berdi.Shundan so’ng kafedra o‘qituvchisi dots., A.Raximov “Talabalarga amaliy mashg’ulotlarni kichik guruhlarda o’tish tajribalari” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida amaliy mashg’ulotlarda kichik guruhlarda har bir guruhda bilimli, o’rta bilimli, kam bilimli talabalar tanlanib, ularga tarqatma materiallar beriladi va ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar. Seminar davomida  kafedra professor-o‘qituvchilaridan K.Durdiyev  o‘zini qiziqtirgan savol bilan ma’ruzachiga murojaat qildi:

  -Siz guruhlarni shakillantirganda va baholayotganda ularning bilim darajasiga qanday e’tibor berasiz?

 Kafedra dotsenti A.Raximov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

  Men guruhlarni baholayotganda undagi past bilimli talabalar bilan savol javob qilaman va guruhlarga oldindan takidlangandek shu talabaning bahosini shu guruhdagi har bir talabaga qo’yaman bunda bilimli talaba ko’pincha norozi bo’ladi, shuning uchun ham mashg’ulot boshida ularning birgalikda ishlashi va bir biriga masalani to’liq tushuntirib xulosa qilishi lozim. Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi. 

Ulashish: