Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Talabalar bilan yakka tartibda ishlash bo’yicha ish olib borish tajribasi" mavzusida kafedra katta o'qituvchisi K.Durdiyev tomonidan ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi.

Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida "Talabalar bilan yakka tartibda ishlash bo’yicha ish olib borish tajribasi" mavzusida kafedra katta o'qituvchisi K.Durdiyev tomonidan ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi mudiri dots., S.Sadullayev so‘zga chiqib yig’ilishni ochib berdi. Shundan so’ng kafedra o‘qituvchisi dots., Durdiyev.K “Talabalar bilan yakka tartibda ishlash bo’yicha ish olib borish tajribasi” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida amaliy mashg’ulotlarda kichik guruhlarda har bir talabalar bilan alohida yakka tartibda ishlash,darsga pedogogik yondashib o’zlashtirishi sustroq bo’lgan talabar bilan alohida ishlashni, har bir guruhda bilimli, o’rta bilimli, kam bilimli talabalar tanlanib, ularga tarqatma materiallar beriladi va ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.

Seminar davomidakafedra professor-o‘qituvchilaridan L.Jumaniyazova o‘zini qiziqtirgan savol bilan ma’ruzachiga murojaat qildi:

 -Siz guruhlardagi talabalar bilan qanday tartibda yakka tartibda ish olib borasiz?

Kafedra dotsenti K.Durdiyev  ushbu savolga quyidagicha javob berdi: Men guruhlarni baholayotganda undagi past bilimli talabalar bilan savol javob qilaman va guruhlarga oldindan takidlangandek shu talabaning bahosini shu guruhdagi har bir talabaga qo’yaman bunda bilimli talaba ko’pincha norozi bo’ladi, shuning uchun ham mashg’ulot boshida ularning birgalikda ishlashi va bir biriga masalani to’liq tushuntirib xulosa qilishi lozim va anglash darajasi pastroq bo’lgan talabaga ko’proq savol berib,darsga ko’roq qatnashtirishini aytib, o'z bilim va tajribalari to'g'risida o'rtoqlashdi.

Ulashish: