Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida "Ekspotrbop meva va uzum maxsulotlarini yetishtirish texnalogiyasini takomillashtirish" mavzusida kafedra o'qituvchisi O.Bobojonov ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi.

Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasida  "Ekspotrbop meva va uzum maxsulotlarini yetishtirish texnalogiyasini takomillashtirish" mavzusida kafedra o'qituvchisi O.Bobojonov ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi. Kafedra o‘qituvchisi  Bobojonov.O “Eksportbop meva va uzum turlarining yetishtirish texnalogiyasini takomillashtirish” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Oʻzbekistonda Uzumchilik uzok, tarixga ega. Mil. av. 4-asrlarda ham tok ekilgani maʼlum. Uzoq yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonchilik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ekilgan. Tok bir joyda 40-50 yil va undan ortiq osib xosil beradi. Uning uzoq yashashi, mahsuldorligi, iqtisodiy samaradorligi, ekologik toza mahsulot berish tokzorlarni togri joylashtirishga, joy va navlarni togri tanlashga, parvarish ishlariga bolgan etiborga bogliqligini aytdilar. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirgi bozor islohatlari davrida katta kapital harajatlar bilan bogliq. Bu borada yol qoyilgan hatolarni tuzatish ancha mushkil. Shuning uchun tokzor uchun joy tanlash, yerga ishlov berish, tokzor xududini tashkil qilish, navlarni tanlash va ularni joylashtirish, kochat ekish va parvarish ishlarini oz vaqtida, ilmiy va ilgor tajribalar asosida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ma’ruza davomida aytib o’tdilar.

Ulashish: