Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm viloyati rasmiy delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi bo'ylab tashrif davom etmoqda

Bugun, 29-noyabr kuni Gansu provinsiyasining Landjou shahridagi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvlar doirasida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Landjou shahrining turizm deportamenti rais o'rinbosari Gun Syatsya bilan turizm sohasi bo'yicha o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish borasida muzokaralar olib bordi. Muloqot davomida Xorazm tomon uchun xitoy tili bo'yicha gidlarni tayyorlash hamda Xitoy tomon uchun esa rus tilida gapiruvchi gidlarni tayyorlashga kelishib olindi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turgan Xorazm viloyati delegatsiyasi vakillari bugun Gansu provinsiyasi gubernatori Chjan Szingan bilan uchrashdilar. Uchrashuv doirasida Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari Anvar Davletov va Gansu provinsiyasi gubernatori Chjan Szingan o'rtasida hududlararo iqtisodiy, madaniy va ta'lim yo'nalishlarida hamkorlik memurandumi imzolandi.

Gansu provinsiyasi gubernatori bilan uchrashuvdan so'ng, delegatsiya a′olari Landjou shahridagi bir qator yetakchi ishlab chiqarish obyektlarini borib ko′rib, ularning faoliyati bilan tanishdilar.

Ulashish: