Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti “Meva-sabzavotchilik” kafedrasi o'qituvchisi Matyaqubov Maqsad "Poliz ekinlarini yetishtirishda asosiy muommolar" mavzusida ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi.

Meva- sabzavotchilik kafedrasi o‘qituvchisi Matyoqubov.M “Poliz ekinlarini yetishtirishda asosiy muommolar”mavzusidagi ilmiy-uslibiy seminarida qooq,loviya va mosh ekinlarining ahamiyati, bioilogik xususiyatlari  to‘g‘risida  batafsil  ma’lumotlar berdilar. Qovoq ekini uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin bu g‘alla va bedadir. Qovoq ekini karam, sabzi, makkajo‘xori va sholidan keyin ekilsa fuzarioz so‘lish kasalligiga kam chalinadi va hosildorlik oshadi. Bir dalaga qovun 1-2 yil ekilgandan keyin, u yerga 5-7 yildan so‘ng qayta ekish mumkin.Ekish muddati: Janubiy viloyatlarda 1-10-aprel; markaziy viloyatlarda 10-20-aprel; shimoliy viloyatlarda 25-aprel-10-may.Ekish sxemasi: (290 + 70)/2 x 90 sm. Urug‘ sarfi- 5-6 kg/ga.  Sug‘orish: Ertagi navlar 4-5 marta, o‘rtagi navlar 5-6 marta, kechpishar navlar 6-7 marta. Sug‘orish meʼyori 400-500 m3/ga. to'g'risida ma'lumot berib, yetishtirish texnologiyasi bo'yicha bir qancha kamchiliklarni sanab o'tdilar.

 

 

.

Ulashish: