Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti “Meva-sabzavotchilik” kafedrasi mudiri S.Sa’dullaev “Aholi hisobini tashkil etish” mavzusida ilmiy-nazariy seminar o‘tkazdi.

"Meva-sabzavotchilik" kafedrasi mudiri S.Sadullayev "Aholi tomarqalarini tashkil qilish" ilmiy-nazariy seminarida so‘ngi yillarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshishiga erishildi. Tomorqa xo'jaliklari uchun ekish uchun tavsiya etiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestriga kiritilgan 63 ta navi bo‘lib, ko‘proq ekilib kelinayotgan navlar quyidalar: Ertapishar navlar Latona, Fresko, Red Skarlet, o‘rtagi ertagi Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Diѐra, o‘rtapishar To‘yimli, Umid, Ko‘k saroy, Serxosil, Aladin, Arinda, Arnova, o‘rtagi kechki Aqrob, Mondial, Diamant, Pikasso va boshqalar. Urug‘ tanlash: kartoshka hosilini oshirish, sifatini yaxshilash va erta yetilishini ta’minlash uchun uni undirilgan tuganaklaridan ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda xosilni 12-15% oshirib, 10-15 kun erta pishishiga imkon beradi. Mahalliy sharoitda tayѐrlangan urug‘lar undirish xonalariga ekishdan 30-35 kun oldin, chetdan keltirilgan urug‘liklar 20-25 kun ilgari qo‘yiladi. Undirish xonasida ѐrug‘lik va 18-220 S daraja issiq xarorat yaratilishi lozimligi to'grisida gapirib o'tdi.

Ulashish: